Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kekkay} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kek-kay-moq
Izoh(lar)i:
kekkay fl

1. 1. Gavdani tik, g‘oz tutmoq. Baland bo‘yli, qirra burun, kelishgan va har doim yaxshi kiyinib, kekkayibroq yuradigan bu chiroyli qorato‘ri yigit o‘sha, Fotimaga oshiq bo‘lib yurgan bo‘ydoq o‘qituvchi Karimov edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. ko‘chma hma O‘zini hammadan yuqori tutmoq, gerdaymoq, mag‘rurlanmoq. Kekkayganga kekkaygin boshing ko‘kka yetguncha. Matal
Kamtar bo‘ling, mag‘rur bo‘lmang, kekkaymang, Bir kun xijolatdan siz qilmang attang. Habibiy
Bir-biridan takabbur, bir-biridan kekkaygan boyvachchalarning oldiga bu otda borishni o‘ziga ep ko‘rmay, dam jo‘nashga qaror qilar, dam yana aynar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kerilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.