Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kekirdak}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-kir-dak
Izoh(lar)i:
kekirdak ot

1. 1. Odam va umurtqali hayvonlar nafas yo‘lining yuqorigi qismi. Ingichka va yo‘g‘on, kalta va cho‘ziq tovushlar kekirdaklari uzilib ketmaydimi bu xo‘rozlarning? I. Rahim, Ixlos

2. s. t. t. Bo‘yinning old qismi; tomoq. Bo‘ynini cho‘zib, qo‘llarini arra qilib gapirarkan, lablari do‘rdayib, ko‘zlari ola-bula bo‘lib, kekirdagidagi tomirlari bo‘rtib chiqib ketgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
buni bir xilvatroq joyda to‘g‘ri keltirsang-u, kekirdagidan xippa bo‘g‘ib, damini chiqarmay qo‘ya qolsang. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.