Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kechirim}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-chi-rim
Izoh(lar)i:
kechirim ot

1. 1. Afv etish; uzr. U erining yuziga kechirim so‘ragandek tikildi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Qobil Komilovich asta qayrilar ekan, ukasining kechirim so‘rayotganday, muloyim tikilishini ko‘rdi-yu, dili yorishdi. J. Abdullaxonov, Xonadon

2. huq. uq. Afv etishning xususiy shakli; davlat boshlig‘i tomonidan jinoiy jazoning bekor qilinishi yoki yumshatilishidan iborat xususiy afv. Kechirim yakka tartibda muayyan shaxsga nisbatan qo‘llanadi. O‘zME

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uzr [a], afv [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.