Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kechagi}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-cha-gi
Izoh(lar)i:
kechagi sf

1. 1. Bugundan oldingi kunda yuz bergan, ma’lum bo‘lgan; oldingi kunga oid, kecha bo‘lgan. Gazetaning kechagi soni. Kechagi voqea. Bugun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrni chinlab amalga oshirmoqchi bo‘ldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Biroq kechagi yomg‘irdan changbosdi bo‘lgan arava yo‘lda kelayotgan uch yo‘lovchining qovoqlari negadir soliq, odimlari negadir ishonchsiz edi. N. Fozilov, Diydor

2. 2. Yaqin o‘tgan vaqtdagi, hozirdan oldingi. Har birining kechagi o‘tmishini eslab ko‘raylik-chi: biri — boyning podachisi, biri — ruhoniyning Hammalari kulfatga duchor bo‘lgan bolalar edi. P. Tursun
Kechagi cho‘lquvar Mirzajon Eminov mas’uliyatli vazifaga ko‘rsatildi. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.