1. 1. Hajm, ko‘lam, daraja va shu kabilar jihatdan me’yoridan ortiqlik; katta holat.
Hovuzning kattaligi. Yutuqning kattaligi. Vazifaning kattaligi. Yosh jihatdan kattalik.
▬
Ketmonning vaznidan qat’iy nazar, ketmonning bet kattaligini yerga chizib ko‘rsatdi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
- Nima qildi, haqiqat oldida mening kichikligim, sizning kattaligingiz bari bir emasmi? — dedi Elmurod.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. O‘zini o‘zgadan yuqori tutish; manmanlik.
Kattalikni bilmas bir yaxshi odam, Saxiylikda yo‘lda qolibdi Hotam.
Fozil shoir