Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kattakon}
So‘z bo‘g‘inlari: kat-ta-kon
Izoh(lar)i:
kattakon sf

1. s. t. t. Odatdagidan ancha katta; juda katta. Kattakon bo‘ri. Kattakon qovun. Xonada o‘ntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘tirganlar orasida To‘lqiniy degan so‘z so‘rab, kattakon papkani qo‘ltig‘iga qisgancha, minbarga ko‘tarildi. Shukrullo, Qor ham yonar ekan

2. ayn. yn. Katta 3, 8. Hamza uyingizda kattakon quvonchli voqea yuz berganini aytdi. K. Yashin, Hamza
Demak, suv chiqadi. Qanday qilib chiqarish esa odamlarning ixtiyorida. Faqat kattakonlar yo‘l qo‘yib bersa bo‘lgani. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boshliq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.