Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {katta-kichik}
So‘z bo‘g‘inlari: kat-ta--ki-chik
Izoh(lar)i:
katta-kichik ot

1. 1. Hajman har xil, har xil kattalikdagi, turlicha. Katta-kichik imoratlar. Katta-kichik daraxtlar. O‘rmonjon ayvonga chiqib, stol va karavotda turgan bir necha katta-kichik tugunlarni ko‘rib hayron bo‘ldi. A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari
Daryo bo‘yida katta-kichik ko‘llar, to‘qayzorlar ko‘p edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Ahamiyati, darajasi, kuchi jihatidan har xil, turli darajadagi. Katta-kichik muvaffaqiyatlar. Katta-kichik amaldorlar. Bu ekspeditsiya bir yoqdan Sheralining geologiyada o‘z o‘rnini belgilab bergan bo‘lsa, ikkinchi yoqdan katta-kichik olimlar diqqatini jalb etdi. S. Karomatov, Oltin qum

3. ot ot S. t. Turli yoshdagi kishilar; barcha, hamma, kattayu kichik. Maydonga katta-kichik yig‘ildi. Mening yoshim olti-da Katta-kichik oldida Ko‘zni qilib sham-g‘alat, Olmayman hech shokolad. Q. Muhammadiy
O‘zing ham bilasan, qachon qarasang, katta-kichikka baravar, hamisha kambag‘allar foydasini ko‘zlaydi. H. Shams, Dushman

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.