Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kategoriya}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-te-go-ri-ya
Izoh(lar)i:
kategoriya ot

1. fls. ls. Moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlari va aloqalarini ifodalovchi umumiy tushuncha. Zamon kategoriyasi. Sababiyat kategoriyasi.

2. 2. Muayyan belgilarining umumiyligi bilan birlashgan narsa, hodisa, shaxslar turi, turkumi, guruhi; daraja. Ammo eksperimental sinflarda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalar kategoriyasi ham bor. Gazetadan
Ularga [terimchilarga[ bajargan ishi uchun turli kategoriyalar bilan ustama haq to‘lanadi. Gazetadan

3. 3. Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini yoki ularning umumiy belgilarini bildiruvchi tushuncha. Grammatik kategoriyalar. Ot kategoriyasi. Egalik kategoriyasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tilimizda shunday qo‘shimchalar mavjudki, ular umumiy belgilari - muayyan vazifa va ma’nosiga ko‘ra bir tizimga birlashsa, xususiy belgilari bilan bir-biridan zidlanib turadi. Yaqin ma’noli bunday shakllar tizimiga grammatik kategoriya deyiladi. Mas., kelishikning 6 ta shakli bo‘lib, ularning barchasi ismlarni keyingi so‘zga bog‘lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash umumiyligi bilan birlashsa, qaratqich kelishigi ismni ism bilan, tushum kelishigi ismni fe’l bilan, jo‘nalish kelishi ismni fe’l yoki ism bilan aloqasini ta’minlashi hamda gapdagi mavqelarini belgilashi bilan farqlanadi.

Ayni paytda o‘zbek tilida egalik, kelishik, son, daraja, nisbat, bo‘lishsizlik, harakat tarzi, o‘zgalovchi, kesimlik (zamon, mayl, shaxs-son) kategoriyalari ajratiladi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.