1. 1. Parranda yoki ayrim (asosan mayda) jonivorlar turishi uchun maxsus ishlangan qurilma; xona, uycha.
Dilfuza ayvondan sakrab tushdi-da, tovuq katagi yonidagi nimqorong‘i oshxonaga kirib, tokchadagi uzun shishani topdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bo‘ron o‘zi topshirgan kiyik bolasini sim kataklardan qidira ketdi.
H. Nazir, Yonar daryo
2. 2. Bir sath (yuza)dagi kichik-kichik bo‘lmalar, uyalar, teshiklarning biri. Ari uyasining katagi.
U vestibyulga kirib, rang-barang e’lonlar osig‘liq doska yonidan o‘tayotganda, chata, ari uyasiday sertokcha pochta katagiga qaradi.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. 3. Narsa yuzasiga ishlangan, tushirilgan to‘rtburchak; shunday to‘rtburchaklarning biri. Shaxmat katagi.
Azimov qora farzinni qo‘lida bir oz ushlab turib, shaxmatning oq katagiga taqillatib urdi-da, shax dedi.
I. Rahim, Chin muhabbat
4. 4. Yuzasida shunday kataklar bo‘lgan; katakli.
Katak daftar.
▬
Haqiqatan ham xat katak daftarning bir varag‘iga yozilgan bo‘lib, ikkala betida ham ochiq joy yo‘q edi.
I. Rahim, Chin muhabbat
Boshiga Po‘latjon sovg‘a qilib keltirgan ko‘k katak ro‘molchani yosh juvonlarday ixcham tang‘igan holda ayvon yaqiniga keldi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar