Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kassa}
So‘z bo‘g‘inlari: kas-sa
Izoh(lar)i:
kassa ot

1. 1. Pul, qimmatbaho qog‘ozlar qabul qilinadigan va saqlanadigan po‘lat sandiq, quti, joy va shu kabilar Paxta plani oshsa, To‘la turar kassasi. Qo‘shiqlar
Baza kassasi bitmas-tuganmas chashma emaski, o‘z-o‘zidan jaraq-jaraq aqcha qaynab chiqaversa. Gazetadan

2. 2. Muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish va shu kabilar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi. Qiz ichkariga kirib ketgach, aftidan kassaga pul topshirgani o‘tdi shekilli, yana o‘zimga kela boshladim. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Kinoteatr kassasi oldida yomg‘irdan qochib navbat kutayotganlar ko‘paydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Pul bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi muassasa yoki tashkilotlarning nomi. Omonat kassa. O‘zaro yordam kassasi.

4. 4. Qabul qilib olingan summa (cheklar) ko‘rsatilgan talonlar bosib chiqariladigan (aks ettiriladigan) qurilma, apparat va shu qurilma joylashgan xona.

5. 5. Muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul. Kassani tekshirmoq. Sattorov kassani hisoblab chiqqach, tovuq fermasiga o‘tdi. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.