Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kasod}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-sod
Izoh(lar)i:
kasod sf

1. 1. Talab yoki xaridor yo‘qligi tufayli savdo-sotiq, kasb-hunar va shu kabilarning to‘xtab qolish, yurishmaslik, tovarning o‘tmaslik holati. Nima qilib zerikib o‘tiribsiz, savdo kasodmi? Oybek, Bolalik
Kasb-kori kasod bo‘lgan usta Zamonning tirikchiligi yana og‘irlashib qoldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Yigitali, magazinda KOOP [kooperativ] uni ko‘payib ketgach, tegirmoni kasod bo‘lib, uyda o‘tirib qolgan otasi hozir pensiyadaligini eshitgan edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Bandayi, yorab, Muqimiydek bo‘lib xor-u kasod, Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasin. Muqumiy.

2. shv. hv. Kasofat, zarar. Uyquning kasodi ko‘pdir kishiga, Buvishim, g‘aflatdan ko‘tar boshingni! Ravshan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.