1. 1. Uzoq joylarga yuk va odam tashuvchi, izma-iz boruvchi hayvonlar, aravalar va ularni boshqaruvchi shaxslar to‘dasi, qatori.
Savdogarlar karvoni. Tuyalar karvoni. It huradi, karvon o‘tadi.
Maqol
Yillar davomida afg‘on yerida bitgan lojuvard jahonga dong taratgan, karvonlar uni mashaqqatli yo‘l yurib, uzoq Misr, Xitoy o‘lkalariga eltardi.
S. Karomatov, Oltin qum
O‘shalar [badaviylar] ne-ne mashaqqatlar bilan hajga kelgan-ketganlarni talar ekan. Shuning uchun hojilar yakka-dukka yurishdan qo‘rqib, karvon bo‘lib yurishar ekan
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Umuman, muayyan ish, maqsad yo‘nalishidagi transport vositalari to‘dasi, qatori.
Mashinalar karvoni. Kemalar karvoni. Paxta karvoni.
▬
Harbiy karvon hamma to‘siqlarni yanchib, Denovdan o‘tdi.
Sharq yulduzi
Qazuvchilar karvoni toqqa yaqinlashgan sari aravalarning g‘ildiraklari tosh-shag‘allarda yana badtar g‘ijirlay boshladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. ko‘chma hma Ko‘chish (yurish, uchish va shu kabilar) harakatidagi narsalar to‘dasi, qatori.
Ko‘kda oq bulut karvonlari yalqov suzsa-da, quyosh hashamat bilan chaqnab ko‘tarildi.
Oybek, Quyosh qoraymas
Tiniq osmonda turnalar karvoni arg‘imchoq solib o‘tib ketdi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
4. esk. sk. Karvonni boshqaruvchi shaxs; karvonboshi.
Ko‘pchilik lozim ko‘rsa, karvon tuyasini so‘yar.
Maqol
5. s. t. t. Aravalarda yo‘lovchi yoki yuk, mol tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxs; aravakash.
Shoyunus karvonda yetti o‘g‘il bor.
Oybek, Tanlangan asarlar
— Bu hafta bizga yordamlashasiz-da, karvon, — dedi kulumsirab To‘g‘on aka.
A. Qodiriy, Uloqda