Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kartochka}
So‘z bo‘g‘inlari: kar-toch-ka
Izoh(lar)i:
kartochka ot

1. Qalin qog‘oz yoki kartondan to‘rt burchak qilib kesilgan, biror ma’lumot, xabar va shu kabilar yozib qo‘yiladigan varaqcha. Kartochkaga misol olmoq. ▬ jang-mudofaa kartochkasini chizib-yozib, hammamizni tanishtirdi T. Rustamov, Mangu jasorat

2. Kichkina karton qog‘ozdan qilingan bilet shaklidagi guvohnoma, hujjat. Vizit kartochkasi. ▬ Murodova partiya bileti va kandidatlik kartochkalarini topshirayotgan edi. I. Rahim, Ixlos

3. tar. ar. Oziq-ovqat yoki boshqa narsalar taqsimoti normalashtirilgan vaqtda shu narsalarni olish huquqini beradigan, kesib olinadigan taloni bor maxsus hujjat. Qirq uchinchi yilda oziq-ovqat kartochkalari tarqatadigan idorada uning bir tog‘asi ishlar edi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. maxs. ayn. yn. Karta 4. Kartochkadan foydalanuvchilar bir qancha qulayliklarga ega bo‘ladilar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kartoshka – [r] Hosili tuproq ostida bo‘ladigan o‘simlik va uning ozuqabop mahsuli.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.