Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {karta}
So‘z bo‘g‘inlari: kar-ta
Izoh(lar)i:
karta ot

1. 1. Yer sathining, boshqa osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog‘oz, taxta kabi tekislikka chizilgan shartli tasviri; xarita. Geografik karta. Ma’muriy-siyosiy karta. Yulduzlar kartasi. Olimlar karta — dunyoning fazoviy, tasviriy obrazidir, deb ta’rif berishgan. Fan va turmush
Jonajon o‘lkamiz va notanish yurtlarni o‘rganish maqsadida karta bo‘ylab qanchadan-qancha sayohat qilganmiz. Fan va turmush

2. 2. Har biri o‘ziga xos rangi, tasviri, xoli, ochkosi bilan farqlanuvchi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi o‘yin qog‘ozlari dastasi va ular vositasida bo‘ladigan o‘yin; qarta. Ba’zan kartani besh kishi bo‘lib o‘ynashardi. Yo. Hayimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
Poyezd Yangiyo‘ldan o‘tmasdanoq yonveridagi kupeda ketayotgan kishilar Salimxonni ko‘rib qolishib, birin-sirin kirib, kupe to‘ldi. Karta o‘yini boshlanib ketdi. Mirmuhsin, Umid

3. 3. Biron-bir ma’lumot(lar) bilan to‘ldiriladigan blank, varaqa. Sanatoriya-kurort kartasi.

4. maxs. xs. Ichida magnitli axborotlar yozilgan va turli hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi guvohnoma, hujjat. Kredit kartasi.

5. Yerning, dalaning alohida, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ajratilgan bo‘lagi, bir bo‘lak dala. Traktor brigadasi bugun Shirinbuloq uchastkasidagi so‘nggi kartalarning shudgorini tamomlaydi. Y. Shamsharov, Orzigul To‘raboyeva

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qarta Otning yog‘li yo‘g‘on ichagi va undan tayyorlanib yaxna qilib yeyiladigan taom.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.