1. 1. Misdan yasalgan, uzun, og‘zi keng (konussimon), puflab chalinadigan, qattiq ovozli musiqa asbobi (odatda, to‘y va katta tantanalarda chalinadi).
Kuyov uzun va keng zarbof to‘n kiyib, katta sallasiga kurkam oltin jig‘a qo‘ndirib, havoni titratgan karnaylar, surnaylar sadosi bilan o‘zinikiga ketdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Shu asbobga biror jihatdan o‘xshash bo‘lgan narsaga nisbatan qo‘llanadi.
Radio karnayi.
▬
Shartta orqasiga qayrildi-da, qo‘llarini karnay qilib, ovozining boricha qichqirdi
S. Anorboyev, Oqsoy
U Alibekning qo‘lidagi karnay qilib o‘ralgan narsaga ko‘z tashladi.
Sharq yulduzi