Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {karmon}
So‘z bo‘g‘inlari: kar-mon
Izoh(lar)i:
karmon ot

1. 1. Pul solish uchun maxsus (odatda, charmdan) ishlangan xaltacha; hamyon. [Mirzakarimboy] Karmonidan besh so‘mlik qog‘oz olib, sandalga qo‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Teshaboy cho‘ntagidan qalin karmonini oldi-da, ichidan o‘n so‘mlik qog‘oz pul chiqarib, Hoji xolaga cho‘zdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. ko‘chma s. t. t. Cho‘ntak; pul. Har kimning karmoni o‘ziga ma’lum. Oybek, Tanlangan asarlar
Yumaloq xat yozishni kasb etgan tuhmatchi ig‘vogarlarning kasbi karmon kesuvchi kissavurlardan ham tubandir. R. Usmonov, Odobnoma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: cho‘ntak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.