Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {karj} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: karj-la-moq
Izoh(lar)i:
karj ot

1. 1. Qovun yoki tarvuz tilimidan ko‘ndalangiga kesilgan bo‘lak(lar). Epchil bakovul darhol dasturxon yozib, eng oldin bir dasta non, keyin anjir, uzum, karj qilingan qovun keltirib qo‘ydi. M. Osim. Elchilar.
Alijon, qo‘lida bir karj tarvuz ushlagan holda, boshini sarak-sarak qildi. H. Nu’mon, Fasllar

2. 2. Do‘ppi taxining to‘rt qismga ajraladigan bo‘laklaridan biri. -Hoy quda, menga qarang, — qo‘lidagi chust do‘ppining karjlarini tekislay turib gapira boshladi Xosiyat xola R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. 3. Biror joy, sathning bir xildagi ajralgan qismi, bo‘lagi. Tabiatmi, yozgi joziba, afsun, Archa tog‘larining karjlarida qor. S. Akbariy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: karch – [f] Qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlarining kesilgan kichik bo‘lakchasi, tilikning bo‘lagi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.