Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.
K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.
K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.