Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {karaxt}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-raxt
Izoh(lar)i:
karaxt sf

1. 1. His-sezgisi o‘lik; harakatsiz, qotib qolgan. -Qo‘l mayibroq, o‘g‘lim — dedi chol Sidiqjonni xijolatdan chiqarib, — Nazokatning karaxt vujudida tomirlarga qon yugurgandek bo‘ldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
mana shu o‘ng qo‘l karaxt. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Qalbi dod, dod, deb faryod solar, ammo yig‘lay desa, ko‘ziga yosh kelmadi, so‘zlay desa, tiliga so‘z kelmadi — vujudi karaxt bo‘lib qolgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. ko‘chma hma Es-hushini yo‘qotgan, hushsiz. Sharofat Anzirat xolaning ostonasidan ichkariga qadam bosganda, zaharga to‘lgan chayondek, o‘z zaharidan o‘zi karaxt edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mudhish xabar Boburni jimjit qilib qo‘ydi. U karaxt bir ahvolda kiyindi. Otiga mindi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.