1. 1. To‘rt oyoqli, ustiga ko‘rpa-to‘shak solib yotiladigan uy-ro‘zg‘or anjomi.
Sherbek hovli o‘rtasidagi yapasqi balxtut tagidagi karavotga yechinmasdan chalqancha yotdi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Uning [Zeboning] karavoti g‘irch-g‘irchidan onaning uyqusi o‘chib ketdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. Ustida ko‘pchilik bo‘lib o‘tirish (ba’zan yotish) uchun maxsus ishlangan, yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabilar joylarga qo‘yiladigan maxsus qurilma; so‘ri, kat.
Nuri giloslar ostiga qo‘yilgan, panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta yog‘och karavotga qalin ko‘rpacha yoyib, yostiqqa yonboshlab o‘tirar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar