Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kar}
So‘z bo‘g‘inlari: kar
Izoh(lar)i:
kar sf

1. Eshitish qobiliyatini yo‘qotgan, eshitmaydigan yoki yaxshi eshitmaydigan, shuningdek, eshitgan so‘zining ma’nosini ajratish darajasi juda pasayib ketgan; garant, karquloq. Ha, menga nima bo‘pti, eshitmay qulog‘im karmi? Oydin, Hikoyalar
Qulog‘i og‘ir yoki butunlay kar kishilar uchun elektron quloqning tajriba nusxasi yaratildi. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: garang , karquloq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

 

Askar G‘ulomov 1940- yil 15-dekabrda Buxoro shahrida tavallud topgan, pedagogika fanlari doktori, Buxoro universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, o‘zbek tilini umumiy ta’lim tizimida o‘qitish bo‘yicha respublikamizda birinchi fan doktori. 1978- yilda nomzodlik dissertasiyasini mashhur tadrischi T.Salimov rahbarligida “IV sinfda ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil ishlari” mavzusiga yoqlagandayoq olim ona tili ta’limining sovet davrida mutlaqlashtirilgan ko‘rgazmali bayon (retroskopik, reproduktiv) ta’lim   usuli o‘quvchida ijodiylikni bo‘g‘ishi, unda mustaqil fikrlash malakalarining shaklanishini chegaralashini sezdi. Shuning uchun olimning navbatdagi 1991- yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasi – “Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini oshirish” mavzusidagi tadqiqoti – mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini yetishtirish uchun ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni va usulini yangilash, buning uchun tayanch bo‘g‘inda ona tili ta’limi kognitiv-pragmatik (o‘sha davrda zamona zayli bilan induktiv deb atalgan) ta’lim usuliga ko‘chirish zaruratini ilmiy-nazariy asoslashga bag‘ishlandi. “Ta’lim to‘grisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning hayotga tatbiqi jarayonida umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tilini o‘qitish mana shu yo‘nalishda yangilandi. A.G‘ulomov ona tili o‘quv fanidan 1999-yilda qabul qilingan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ilk dastur, shu dastur asosida tuzilgan va 1999-2004- yillarda amaliyotda bo‘lgan darsliklarining yaratilishi va ommalashishida faol ishtirok etdi. Olim “Ona tilini o‘qitish jarayonida faollik tamoyilini amalga oshirishning nazariy asoslari” (-Toshkent: Fan, 1989), “Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari” (-Toshkent: O‘qituvchi, 1992), “Maktabda til sathlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish” (-Toshkent, 1992) kabi o‘ndan ortiq ilmiy-metodik kitoblarning, 200 yaqin ilmiy maqollarning muallifi.

A.G‘ulomov qoraqalpoq maktablarida davlat tili – o‘zbek tilini o‘qitishning yangi maqsadi, mazmuni va usulini belgilashga, shu yo‘nalishda dastur, darsliklar yaratishga va bu sohani yetuk tadrischilar bilan ta’linlashga ulkan hissa qo‘shdi. Qoraqalpoq maktablari uchun uning rahbarligida yaratilgan “O‘zbek tili” darsliklari hozir ham amalda.

            A.G‘ulomov 2003- yilda vafot etdi.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.

K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.

K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar: hech narsadan bexabar

2. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘ldi: hech narsani ko‘rmaydigan, eshitmaydigan bo‘ldi

3. teskari dunyo: Bevafo, o‘zgarib turuvchi dunyo

4. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

5. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

1. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.