1. 1. Kaprolaktam nomli organik birikmadan olinadigan sun’iy tolaning bir turi.
Kapron tolasi tabiiy ipakka qaraganda 2,5 marta pishiq.
M. Obidova, Ximiya — turmushimiz bezagi
2. 2. Shu toladan to‘qilgan gazlama; bu gazlamadan tayyorlangan kiyim va boshqalar
Kapron ko‘ylak. Kapron paypoq.
▬
kapron, krepdeshin, duxobalar to‘qiymiz, — deyishibdi chevarlar.
Sh. G‘ulomov, Yorqin yo‘llar
Eshik ochilib, yo‘l-yo‘lakay qo‘lidagi kapron qo‘lqopini yechib, oriq doktor kirib keldi.
X. To‘xtaboyev, Sariq devni minib