1. Turli mexanizmlarda ularning ma’lum qismlarini chang, namlik, yog‘in-sochin va shu kabilardan saqlash uchun ishlangan, ochilib-yopiladigan temir qopqoq.
Samolyot kapoti.
▬
[Azizov] Kapotni yopib, chaqqonlik bilan kabinaga chiqdi.
Sh. Toshmatov, Tongdagi ko‘lanka
Mashina motori bir-ikki yo‘talib o‘chdi. Vahobjon shoshib tushib, kapotni ochdi.
S. Ahmad, Tog‘ afsonasi