1. 1. Daryo, ko‘l yoki dengizlar o‘rtasida kema qatnovini o‘rnatish, shuningdek, ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash va ortiqcha suvlarni yig‘ib, oqizib yuborish uchun maxsus qazilgan suv yo‘li.
Katta Farg‘ona kapali
▬
Mayli, mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi. O‘shanda hammaning yegani oldida, yemagani ketida bo‘lib qoladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Farg‘ona dehqonlari kanal qazib, Norindan cho‘lga suv olib chiqish uchun astoydil bel bog‘ladilar.
N. Safarov, Olovli izlar
2. 2. Biror narsa ichidagi tor, cho‘ziq bo‘shliq joy; quvur.
Zambarak stvoli kanali.
3. maxs. xs. Aloqa, kommunikatsiya yo‘li; har qanday axborotni elektr signallar yordamida yetkazib berishni ta’minlovchi texnik qurilmalar majmui.
Elektr aloqa kanali. Televizion kanal.
4. ko‘chma hma Biror narsaga erishish, yetishish yo‘li, vositasi.
Diplomatik kanal orqali ish olib bormoq.