Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamzul}
So‘z bo‘g‘inlari: kam-zul
Izoh(lar)i:
kamzul ot

1. Ilgari yozlik palto o‘rnida kiyiladigan yengi uzun ust kiyim. Uning [Salimboyvachchaning] boshida yap-yangi tagdo‘zi do‘ppi, ustida cho‘ntaklari qopqoqli, qaytarma yoqali uzun oq jujun kamzul. Oybek, Tanlangan asarlar
Bejirim, kelishgan nozik niholing, Beqasam kamzuling yarashibdi xo‘p. X. Rasul

2. Xotin-qizlarning jelatkaga o‘xshash kalta, odatda yengsiz, yoqasiz ust kiyimi. Duxoba kamzul. Zarrin kamzul. ▬ Balki o‘rtacha bo‘yi, baxmal kamzuli mahkam quchoqlab olgan nozik beli bilan tanish ko‘ringandir. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Bizni yorning kamzulining yengi yo‘q Qo‘shiqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.