1. 1. Yoshi ulg‘aygan, keksa, qari xotin.
Kichik, xarob, faqir bir uy, kampir va yoshroq bir xotin jo‘xori tozalar edilar.
Oybek, Nur qidirib
U [Anzirat xola] oltmishlarga borib qolgan, nimjon bir kampir edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Elmurod:] Yurtingizda kimlaringiz bor, G‘ani aka? — Bittagina kampir onam bor.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Shunday yoshli xotin (ayol)larning ismiga qo‘shib aytiladi.
O‘zbek oyimning qutidor, Oftob oyim va Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. 3. Yoshi ulg‘aygan kishining (yoshi ulg‘aygan) xotini va unga murojaat shakli.
[Shokir ota:] Kampirimga yo‘ldosh, yetim go‘daklarimga bosh bo‘ladi bu qizim.
Oybek, Tanlangan asarlar
Qo‘y, hazil qilma, kampir, Hamisha rostin gapir.
Yu, Hamdam