Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamina}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-mi-na
Izoh(lar)i:
kamina ot

1. yuq. usl. sl. Kamtarlik yoki odob yuzasidan men so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Bu maqola kaminaniki. Kaminaning sizga bo‘lgan hurmati g‘oyat samimiy. Kamina ham suhbatlaringizni sog‘inganman. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Xullas kalom, u mahalda kamina endigina institutni bitirib, yoshlar gazetasiga ishga kirganman. O. Yoqubov, Izlayman
Aslida kamina yozish uchun tug‘ilgan ekanman Hayotim, ijodim, yozuvlarimning bulog‘i sensan, azizim. Shu buloqni musaffo saqlagin. Guliston

2. esk. sk. Sodiq xizmatkor, qul. [Salimxo‘ja:] Kaminangiz bir o‘zimman, qiyinchiliklarning qurboniman, xonim, ha, qurboniman. A. Muxtor, Opa-singillar
[Ellikboshi:] Kamina sizning iltimosingizni yerda qoldirishdan ko‘ra har qanday mashaqqatni o‘z zimmasiga olishni a’lo ko‘radi. Oybek, Tanlangan asarlar
Xiva xonining saroyida ham kaminaning ko‘z-quloqlari bor. Sh. Tosh matov, Erk qushi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.