1. 1. Go‘shti oz, oz go‘sht solingan (ovqat haqida).
Kamgo‘sht osh. Kamgo‘sht somsa.
2. 2. Tanasida, gavdasida go‘shti kam; ozg‘in, oriq.
Kamgo‘sht odam,
▬
Katta ukam Sirojiddinning ahvoli ham yaxshi emas, u aslida, oriq, kamgo‘sht va kasalsimon, rangi o‘chgan edi.
S. Ayniy, Esdaliklar
Muqimiy oriqroq, kamgo‘sht bir oz kamgaproq odam edi
T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. s. t. t. Yeyiladigan joyi, eti kam.
Kamgo‘sht meva. Kamgo‘sht qovun.