Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamera}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-me-ra
Izoh(lar)i:
kamera ot

1. 1. Ba’zi muassasalarda biror narsa uchun mo‘ljallangan maxsus xona, bo‘lma. Yuk saqlash kamerasi. Dezinfeksiya kamerasi. Turma kamerasi. Bir kishilik kamera.

2. 2. Asbob, mashina, inshoot ichidagi atrofi berk bo‘shliq. Siqilgan havo kamerasi. Shlyuz kamerasi. Torpeda kamerasi.

3. 3. Shina yoki to‘p qoplamasi ostidan joylashtiriladigan va ichiga havo damlanadigan rezina qobiq, g‘ilof. Velosiped kamerasi. Mashina kamerasi. Futbol to‘pining kamerasi.

4. 4. Foto, kino yoki videoapparatning plastinka yoki plyonka qo‘yiladigan ichki qismi yoki shunday apparatlarning qisqacha nomi. Kinoga olish kamerasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.