Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: kam-chi-lik
Izoh(lar)i:
kamchilik ot

1. 1. Me’yoriylikni, me’yorni buzuvchi belgi, narsa; nuqson. Jismoniy kamchilik. Ishdagi kamchiliklar. Yormat Yo‘lchining ishidan kamchilik topib, o‘z mahoratini unga ko‘rsatish umidida, bir muddat kuzatib turdi. Lekin uning tajribali ko‘zi Yo‘lchining ishida hech qanday kamchilik ko‘rolmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchiliklarni ko‘rmas ekanmi, deb qo‘ydim. H. Nazir, Yonar daryo
Katta ish bajarayotgan odam mayda-chuyda kamchiliklarga yo‘l qo‘yishi tabiiy. F. Musajonov, Himmat
Biron ishdan ortiqcha quvonib g‘ururlanish ham, haddan ziyod xafa bo‘lib ketish ham kamchilikdir. Muloqot

2. s. t. t. Yetishmovchilik, kamlik, kam-ko‘st. U kamchilik ko‘rmasdan o‘sdi. Oilasining yeyar-ichardan, kiyim-kechakdan kamchiligi yo‘q edi. R. Rahmon, Mehr ko‘zda
Biron nimadan kamchiliging bo‘lsa, aytgin. Mirmuhsin, Umid

3. 3. Kam odam, kam odam ishtirokida; ozchilik. Kamchilik ovoz bilan qabul qilindi. Kamchilik ko‘pchilikka bo‘ysunadi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nuqson [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.