1. 1. Kiyim ustidan belga bog‘lanadigan, odatda ko‘ndan qilinadigan, to‘qali enli tasma; qayish.
Soldatcha kamar. Kamar bog‘lamoq.
▬
Mingboshi kimxob to‘nining chap barini qayirib, boshmaldog‘ini kumush kamarga o‘tkazdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
[Piyoda askarlar] Bellarini qayish kamar bilan bog‘ladilar.
S. Ayniy, Esdaliklar
Pochchayev o‘rnidan turib, serbar kamarini tuzatdi-da, tomoq qirib, o‘zidan xabar berdi.
A. Muxtor, Tug‘ilish
2. 2. Shim, yubka kabilarning (tushib ketmasligi uchun) tepasidan o‘tkazib bog‘lanadigan (taqiladigan), mato yoki charmdan tayyorlanadigan bog‘, tasma.
3. ko‘chma esk. kt. ayn. yn. Bel I 1, 2.
4. 1. Suv qirg‘og‘ida, jar chetida, tepalik yoki tog‘ yonbag‘rida yuvilish, o‘pirilish va shu kabilar natijasida hosil bo‘lgan g‘orsimon o‘yiq joy, yo‘l.
Akam bilan Tog‘kamarga tushib chiqdik. O‘sha kamar ichi keng: yuz bosh qo‘y soyalashi mumkin.
Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Qirning o‘rkachi narigi chetda yuksalgan tog‘ning beliga yetib tugar, undan, tog‘ bag‘rini kesgandek bo‘lib, kamar ketgan edi.
Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
5. 2. Daryo, ariq kabi oqar suvlarda uning aylanib oqadigan joyi, aylanma harakatli chuqur joyi.
Suvonjon tol tagidagi kamarga sho‘ng‘ib kirib ketardi-da, anchadan keyin baliq bilan chiqib kelardi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Po‘latjon so‘l oyog‘i bilan suvni shaloplatib, kamardan chiqishga urinar edi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
6. anat. at. Umurtqali hayvon va odamning ayrim bo‘g‘inlarida, o‘zaro tutash ikki suyakning birida bo‘ladigan yarimshar shaklidagi o‘yiq joy, ko‘z.
Yelka (qo‘l) kamari.