Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamalak}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-ma-lak
Izoh(lar)i:
kamalak ot

1. 1. Qattiq yog‘ochning bir uchidan ikkinchi uchiga ip tortib egib, yarim doira shaklida yasalgan, nayza-o‘q solib otiladigan qadimiy ov va jang quroli; yoy, kamon. Afandi yelkasiga kamalakni osib uzoq bir ko‘lga g‘oz ovlagani ketdi. Latifalar
Ermana polvon kamalagidan devga qarab o‘q uzibdi. Oltin beshik

2. 2. Quyosh nurining yomg‘ir, favvora tomchilarida sinishi natijasida havoda turli rangda yarim doira shaklida ko‘rinadigan yo‘l; yoy. Daraxtlarning orqasida qizil, ko‘k, pushti va zangor chiziqlar bilan tovlanib turgan kamalak ko‘rindi. I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.