1. 1. U yon-bu yonga chayqalmoq, notekis yurmoq, gandiraklamoq.
Bu salobatli odamlar orasida xizmat qilgan Yo‘lchi g‘oyat siqildi. Yursa kalovlaganday, birovni turtganday tuyuladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
qovushmay, kalovlagancha boyagi ayol ketidan sudralarkan, ko‘zlari taka-puka.
H. Nazir, Onaizor
2. 2. Es-hushi joyida bo‘lmay dovdiramoq; esankiramoq.
Olimjon, onasining ta’ziyasi ustidan chiqdi. Boshini qayoqqa urishni bilmay, kalovlab qoldi.
H. Nazir, Qanotlar