1. 1. Aql bilan emas, o‘ylamasdan, pala-partish ish qiladigan (shaxs).
[Qodirov:] Sen meni kallavaram deb o‘ylama, ha. Qodirov o‘z aqli bilan ishlaydigan rais.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Sen ham kallavaram ekansan-da, xaridorlarning ust-boshiga, aft-basharasiga qarab muomala qilmaysanmi?!
N. Qobil, Unutilgan sohillar
2. 2. Shunday shaxsga nisbatli munosabatni bildiradi.
Normatning esiga lop etib boya aytgan gapi tushdi. Eh, kallavaram. Nimalar deding o‘zi?
M. Hazratqulov, Jur’at