Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kalit}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-lit
Izoh(lar)i:
kalit ot

1. 1. Qulfni ochish yoki berkitish uchun ishlatiladigan metall asbob. Uyning kaliti. Sandiqning kaliti. Eshikning kaliti. Mamarayim afandi Teshaboydan omborlarning kalitlarini olgandan keyin, u yerdagi mollarni yaxshilab ko‘zdan kechirib chiqdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Biror mexanizmni burab yurgizish, ishga tushirish uchun ishlatiladigan metall asbob. Devor soatning kaliti. O‘yinchoqning kaliti. Ilhomjon tezda domkrat va kalitlarni oldi. N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar

3. tex. ex. Gayka va boltlarni burab qattiqlash yoki bo‘shatish uchun ishlatiladigan uzunchoq dastali yoki dastasiz jag‘li metall asbob.

4. mus. us. Besh qatorli nota chizig‘ining birortasiga qo‘yiladigan va shu chiziqdagi nota nomi va balandligini bildiradigan maxsus belgi.

5. maxs. xs. Test sinovlarida berilgan test topshiriqlarining eng to‘g‘ri javoblarini aks ettiruvchi jadval; to‘g‘ri javoblar ro‘yxati.

6. ko‘chma hma Biror narsaga erishish yoki uni tushuntirish (anglash), topish, egallash yo‘li, vositasi, imkoniyati. Baxt kaliti. G‘alaba kaliti. Mag‘rur ovoz berar odam degan so‘z! Tilsimlar kaliti uning qo‘lida. T. To‘la.
Hayotda shunday kishilar bo‘ladiki, qalb kaliti ularning qo‘lida. Yo. Shukurov, Xalq bilan hamnafas
Hosilning kaliti deb atalmish bu boylik [mineral o‘g‘it] qor, yomg‘ir ostida kuchini yo‘qota boshlagan. X. To‘xtaboyev, O‘g‘itdan tog‘lar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.