1. 1. Terining zamburug‘ kasalligi; ko‘pincha, boshning sochli qismi va tirnoq zararlanadi; sochni to‘kib yuboradigan yuqumli teri kasalligi.
Kal yuqtirmoq. Kalni davolamoq.
2. 2. Shunday kasalga uchragan kishi.
Kallar maxsus shifoxonada davolanadilar.
3. 3. Boshning sochi to‘kilgan yeri.
Boshning kalini bekitib yurmoq. -Xayr, mayli, —
▬
dedi boshqa bir ishchi, — ularning kal boshlarini miltiq dorisi bilan davolaymiz.
S. Ayniy, Qullar
4. 4. Sochi butunlay yoki qisman to‘kilib ketgan kishi.
Qalinroq o‘rtog‘im A’zam kal hamma kallar singari gapga chechan, qochiriq gaplarni gapirib, mullavachchalarni va hattoki peshqadamlarni kuldirar edi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Koshkiydi qoracha bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsam, ko‘rgami, kalgami tegib, sizning ta’nangizni eshitmas edim.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
5. ko‘chma hma Yerning o‘t-o‘lan chiqmay qolgan bo‘lagi; taqir.
Yerning kali.
6. ko‘chma hma Jun-pati to‘kilib, taqir bo‘lib qolgan joy.
Po‘stakning kali. Gilamning kali.