Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kalamush}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-la-mush
Izoh(lar)i:
kalamush ot

1. 1. Kemiruvchi sutemizuvchilarga mansub zararkunanda hayvon. Oq kalamush. Oziq-ovqatlarni kalamushdek yerto‘lalarga yashirishyapti. K. Yashin, Hamza
Siznikining aybi yo‘q, sichqon bor, kalamush bor, kam chiqsa, ayb o‘shalarning bo‘yniga ilinaveradi. S. Mahkamov, Shogird

2. ko‘chma hma O‘g‘ri (ishlab turgan joyidan, masalan, ombor yoki magazindan uni-buni o‘g‘irlab tashiydigan shaxslar haqida). Har kalamushlarimiz borki, bug‘doyni sholiga, arpani makkajo‘xoriga aralashtirib tortgani-tortgan. S. Mahkamov, Shogird

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.