1. Anqov – merov – ovsar – kalvak – go‘l – pandavaqi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)
2. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )
3. Bakalavr-magistr-aspirant- doktorant
Ma’nosiga ko‘ra
(mutaxassislik salohiyatining oshib borishiga ko‘ra)
4. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)
5. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
6. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)
7. Unumli – samarali – barakali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
8. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
9. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)
10. Yaxshi ko‘rmoq – erkalamoq – suymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortiq-kamligiga ko‘ra)