Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kajava}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-ja-va
Izoh(lar)i:
kajava ot

1. 1. Odatda ish hayvonlariga ortib, yuk tashish uchun daraxt novdalari yoki qobig‘idan, shuningdek, maxsus yasalgan katta, keng chorqirra idish. Savat kajava. Teri kajava. Kelayotgan sarbozlarning biri bir qop arpa, biri bir kajava uzum, yana biri bir qop qovun ko‘tarib kelardi. S. Ayniy, Doxunda
[Nosir:] Kajavaga yuklangan ko‘zachalardagi suv ham tugabdi. Tuyg‘un, Yillar va kishilar

2. 2. Ot, xachir, fil, tuya kabi hayvonlar ustiga yoki yoniga o‘rnashtirilgan va odam olib yurish uchun moslangan o‘rindiq. Tuyaga ortilgan kajava ichiga o‘tirib olib, kechasi bir oz mizg‘ib olgan Zahro M. Osim, Elchilar

3. 3. Mashina, mototsikl kabilarga tirkaladigan moslama, aravacha; kolyaska. Ikromjon mototsikl kajavasiga o‘tirib oldi. Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.