Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kahrabo}
So‘z bo‘g‘inlari: kah-ra-bo
Izoh(lar)i:
kahrabo ot

1. 1. Sariq rangli, shaffof, yaltiroq, tosh qotgan yelim; smola (ziynat buyumlari tayyorlash va imoratlarni bezashda ishlatiladi). Kahrabodan yasalgan mushtuk. Kahrabo marjon. Kahrabo munchoq. Kahrabo kislotasi chigit mag‘zidagi moyning miqdorini ham bir protsentga ko‘paytirdi. R. Rahmonov, Kahrabo siri
Domla hech narsa demay, kahrabo tasbehini o‘girib, allaqaysi bir surani pichirlay boshladi. H. G‘ulom, Mash’al

2. ko‘chma. ma. Kahrabo rangiga o‘xshash, sarg‘aygan, za’faron. Qishning elchisi yetib keldi. Qayerdadir xazonrez izg‘irin kezib yuribdi. Kahrabo dalalar namiqqan. A. Muxtor, Mo‘jizali alanga
Xon juda zolim ekan, oti Xonbobo ekan, Zulm ostida bu elning yuzi kahrabo ekan. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
Sevgi dardidan mening ham bo‘ldi rangim kahrabo. E. Vohidov, Muhabbatnoma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.