1. 1. Qo‘lning bilak uchidan barmoqlargacha bo‘lgan ichki va oyoq panjasining ostki yaxlit qismi. [Tojiboy] Kaftiga ikki chimdim nos tashladi-da, og‘zini osmonga qilib turib chekdi. P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Qo‘lning bilak uchidan barmoqlarning oxirigacha bo‘lgan qismi; panja, shapaloq. Me’mor ikki kaftini yozib, yurt qatori o‘ziga ham yaxshiliklar tilab, duo o‘qib, yuziga fotiha tortdi. Mirmuhsin, Me’mor Polvonning rapidadek keng kaftlaridan chiqqan qars-chapak ko‘p kishilarning diqqatini jalb etdi. Oybek, Quyosh qoraymas
1. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda