1. 1. Ma’ruza o‘qish, va’z aytish, axborot berish va shu kabilar ishlar uchun mo‘ljallangan baland qurilma; minbar.
Avaz kafedraga chiqishi bilan, hamma jimib qoldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2. 2. Oliy o‘quv yurtlarida bir yoki bir necha o‘zaro yaqin fanlar bo‘yicha ish olib boruvchi professorlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning tashkiliy birlashmasi va shu birlashma joylashgan xona.
U vaqtda Xakimov kafedra mudiri bo‘lib ishlardi.
P. Qodirov, Uch ildiz
Beshta domla o‘tirgan kafedradan Murod suv bo‘lib chiqdi.
M. Hazratqulov, Jur’at