1. 1. Kinoplyonka yoki fotoplyonkadagi alohida-alohida suratlardan biri; bitta surat, yakka rasm. Kunlar kino lentasining kadrlari singari bir-biridan farqsiz, ammo hayotda yangidan-yangi manzaralar vujudga keltirib o‘tar edi. A. Qahhor, Sarob
2. 2. Kinofilmning ayrim bir ko‘rinishi, bitta epizodi. Badiiy film kadrlari. ▬ Mahdi dastlabki kadrni ko‘rishi bilan bir to‘lg‘andi, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
3. 1. Korxona, muassasa va shu kabilarning maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xizmatchi, ishchi va xodimlari. Kadr yetkazib bermoq. Kadr tayyorlamoq. Hamma narsani kadrlar hal qiladi. ▬ — Bu kishi shunaqa, o‘rtoq To‘qsonov, — deb to‘ng‘illadi Tojiboy, — Ilmim bor kadrman deb, bizniyam nazarga ilmaydi. P. Tursun, O‘qituvchi
4. harb. rb. Haqiqiy xizmatdagi komandirlar va oddiy askarlar tarkibi.
1. kadr I Ot lavha; bitta surat, yakka rasm
2. kadr II Ot xodim, mutaxassis