Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kabinet}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-bi-net
Izoh(lar)i:
kabinet ot

1. 1. Ish uchun ajratilgan maxsus xona. Olimning kabineti. Sattor Usmonov, yosh bolani yetaklagandek, Yoqubjonni bosh injener kabinetiga boshlab kirdi. N. Safarov, Cho‘l lochini
Bu yil zavod kasaba uyushmasi komiteti kabineti to‘la remontdan chiqarildi. Gazetadan

2. 2. Korxona, muassasa va shu kabilarda mas’ul lavozimli rahbar o‘z vazifasini bajaradigan xona. Murodjon Tojiboyevning hashamatli kabineti-yu olib yuradigan mashinasi yo‘q. Gazetadan
Rais stol orqasidan chiqdi, kabinet eshigi oldidagi bo‘sh joyda qo‘llarini orqasiga qilib, u yoqqa-bu yoqqa yura boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Muassasa, korxona va boshqalar ilmiy, amaliy va shu kabilar ishlarni olib borish, o‘tkazish uchun jihozlangan, moslangan va xoslangan xona. O‘quv kabineti. Rentgen kabineti. Zamonaviy murakkab asbob-uskunalar, o‘quv qurollari bilan jihozlangan kabinetlar bo‘lajak mutaxassislar ixtiyorida. Gazetadan.
Birinchi marta allergiya bilan kasallangan bemor darhol allergologik kabinetga murojaat qilishi kerak. Fan va turmush

4. 4. Ba’zi davlatlarda ministrlar (vazirlar) hay’ati, hukumat tarkibi; hukumat. Ministrlar kabineti. Kabinetni tarqatib yubormoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.