1. Hayvon yoki kimsa badanini qoplagan qalin tuk, mo‘y, yung. Juni mayin qo‘y. Qo‘ylarning junini olmoq. Ot ag‘nagan yerda jun qolar. Maqol
2. Asosan qo‘y, echki, tuyadan qirqib olingan shunday yung, mo‘y. Professorning har bir so‘zi uning uchun tilladay qimmatbaho Yo‘q, ipakday mayin g‘aram-g‘aram jun olish tilsimining kaliti edi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Jundan tayyorlangan uy-ro‘zg‘or buyumi. Xotin boshidagi jun ro‘molini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana o‘radi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
1. dumi xurjunda: o‘lda- jo‘da, to‘mtoq