1. Tugal ma’no ifodalaydigan so‘zlar birikmasi; gap.
Uning [Sunnatning]◆xati o‘ziday sho‘x, har jumladan hazil-mutoyiba barq urib turar edi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. esk. ayn.Gap 1, 2.
So‘roq jumla.
Gazetadan
3. folk.Bir turdagi narsa, hodisa yoki kishilarning hammasi, barchasi; yig‘indisi.
O‘zingiz otasiz jumla kishiga, Qutlug‘ bo‘lsin sizning taxti poyingiz.
Erali va Sherali