Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {joy} - lashtir - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: joy-lash-tir-moq
Izoh(lar)i:
joy [joy ]

1. Biror kimsa yoki narsa ishg‘ol qilib turgan yer, yuza, fazo; o‘rin, makon. Zolimning joyi — jahannam. Maqol

2. Ma’lum bir voqea-hodisa ro‘y bergan yer; ish-harakat, jarayon o‘rni. Sidiqjon bolaligi o‘tgan tor ko‘chalarni, qishloq, anhor bo‘ylarini, sigir boqqan joylarini borib ko‘rdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Ma’lum bir narsa yoki ish-harakat uchun eng qulay, mos yer, o‘rin. di. Mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. Og‘riq joyini topsa, olti oy qishlay Maqol

4. Yer yuzining, fazoning belgili, biror xususiyati bilan ajralib turadigan yeri, nuqtasi. ha. Pastqam joy. Bahavo joy. Past-baland joylar. Tor joyda tomos Maqol

5. Geografik yoki ma’muriy hudud; taraf, tomon, o‘lka; yurt. Bu joyni xalq qadim zamonlardan beri Kultepa deb atar edi. Sh. Rashidov, G‘oliblar

6. Biror narsaning ayrim qismi, yeri, bo‘lagi. Biror joying og‘riydimi, Kumush? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. Badiiy asar, musiqa va shu kabilarning biror kerakli, qiziqarli yeri, o‘rni. Abdishukur boyvachchaning qo‘lidan kitobni olib, kerakli joyini topdi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Gap, ish, xatti-harakat yoki belgilarning shaxsiy baho berish uchun asos, dastak bo‘ladigan yeri, o‘rni Men sizga aytsam, qiyomatli o‘rtoqmiz-u, mendan xafa bo‘lgan joyi bor. A. Muxtor, Opa-singillar

9. Yashash, hayot kechirish, yotish-turish uchun xizmat qiladigan yer; uy-joy, hovli-joy, boshpana. Joy olma, qo‘shni ol. Maqol

10. O‘tirish yoki yotish uchun qilingan, solingan, to‘shalgan o‘rin; o‘rindiq Xolida kichik qizi Ranoni uyga yotqizib, eriga joy solgani ayvonga chiqdi. I. Rahim, Chin muhabbat

11. Meros sifatida qolgan, biror kimsaga tegishli yer-mulk, hovli-joy. Rakat mavzeyida otadan qolgan uch tanob joy bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar

12. Ish, xizmat, vazifa, o‘rin. Jonfig‘on xotiniga necha-necha tavba-tazarrular qilib, endi biron joyga kirib ishlashga so‘z beribdi. A. Qahhor, Jonfig‘on 13. Oila, xonadon.

14. rvsh. shv.Bafurja, bamaylixotir; kech, keyin; aniq. Bo‘lgan ishni joyroq gapirish kerak, toki haqiqat yuzaga chiqsin. H. G‘ulom, Toshkentliklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘rin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.