Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {joy}
So‘z bo‘g‘inlari: joy
Izoh(lar)i:
joy [joy ]

1. Biror kimsa yoki narsa ishg‘ol qilib turgan yer, yuza, fazo; o‘rin, makon. Zolimning joyi — jahannam. Maqol

2. Ma’lum bir voqea-hodisa ro‘y bergan yer; ish-harakat, jarayon o‘rni. Sidiqjon bolaligi o‘tgan tor ko‘chalarni, qishloq, anhor bo‘ylarini, sigir boqqan joylarini borib ko‘rdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Ma’lum bir narsa yoki ish-harakat uchun eng qulay, mos yer, o‘rin. di. Mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. Og‘riq joyini topsa, olti oy qishlay Maqol

4. Yer yuzining, fazoning belgili, biror xususiyati bilan ajralib turadigan yeri, nuqtasi. ha. Pastqam joy. Bahavo joy. Past-baland joylar. Tor joyda tomos Maqol

5. Geografik yoki ma’muriy hudud; taraf, tomon, o‘lka; yurt. Bu joyni xalq qadim zamonlardan beri Kultepa deb atar edi. Sh. Rashidov, G‘oliblar

6. Biror narsaning ayrim qismi, yeri, bo‘lagi. Biror joying og‘riydimi, Kumush? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. Badiiy asar, musiqa va shu kabilarning biror kerakli, qiziqarli yeri, o‘rni. Abdishukur boyvachchaning qo‘lidan kitobni olib, kerakli joyini topdi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Gap, ish, xatti-harakat yoki belgilarning shaxsiy baho berish uchun asos, dastak bo‘ladigan yeri, o‘rni Men sizga aytsam, qiyomatli o‘rtoqmiz-u, mendan xafa bo‘lgan joyi bor. A. Muxtor, Opa-singillar

9. Yashash, hayot kechirish, yotish-turish uchun xizmat qiladigan yer; uy-joy, hovli-joy, boshpana. Joy olma, qo‘shni ol. Maqol

10. O‘tirish yoki yotish uchun qilingan, solingan, to‘shalgan o‘rin; o‘rindiq Xolida kichik qizi Ranoni uyga yotqizib, eriga joy solgani ayvonga chiqdi. I. Rahim, Chin muhabbat

11. Meros sifatida qolgan, biror kimsaga tegishli yer-mulk, hovli-joy. Rakat mavzeyida otadan qolgan uch tanob joy bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar

12. Ish, xizmat, vazifa, o‘rin. Jonfig‘on xotiniga necha-necha tavba-tazarrular qilib, endi biron joyga kirib ishlashga so‘z beribdi. A. Qahhor, Jonfig‘on 13. Oila, xonadon.

14. rvsh. shv.Bafurja, bamaylixotir; kech, keyin; aniq. Bo‘lgan ishni joyroq gapirish kerak, toki haqiqat yuzaga chiqsin. H. G‘ulom, Toshkentliklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘rin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

2. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

3. gapi bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

4. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi

5. joyiga keltirdi: o‘rinlatdi

6. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi

7. ko‘ngli joyiga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

8. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

9. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

10. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

11. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

12. so‘zlari bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

13. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora

14. xo‘roz hamma joyda bir xil qichqiradi: Hamma joyda ahvol birday, degan ma’noli ibora

15. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

2. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.