1. Diniy-ibtidoiy tasavvurlarga ko‘ra, inson va hayvon tanasida bo‘ladigan, uyqu chog‘ida (vaqtincha) yoki o‘lgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida ko‘zga ko‘rinmas ilohiy kuch, quvvat; ruh.
Jon bor joyda qazo bor.
Maqol
2. Sezuvchi, his etuvchi tan, badan.
Butun jonim qaqshab og‘riyapti. Tish og‘rig‘im bosilib, jonim orom oldi. Betimning qalini —◆jonimning huzuri.
Maqol
3. Hayot; hayot-mamot; tiriklik.
Kemaga tushganning joni bir.
Maqol
4. Kishi, odam.
Hamma ishni to‘xtatib, qimirlagan jonni terimga solar ekanmiz.
N. Safarov, Hayot maktabi
5. Bir qator aniqlovchilar bilan qo‘llanib, bosh, jussa ma’nolarini ifodalaydi.
Jindakkina joningizga-ya? Shu jussangizga uchta dard sig‘adimi?
A. Qahhor, Ming bir jon
6. Kuch, quvvat, mador.
Joni boricha ikki qo‘lidagi etik bilan eshikni qamchiladi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
7. Yaxshi ko‘radigan, sevimli, yoqimli kishi yoki narsa haqida.
Ammo lekin Muxtorxon domla nafsambiriga odamning joni edi.
A. Qahhor, To‘yda aza
8. Eng yaqin, sevikli kishilarga murojaatda so‘zlovchining ularga yaqin munosabatini ifodalaydi, begonalarga nisbatan esa hurmat yoki xushomadni bildiradi.
Jonim, dedim qulog‘iga, ohista, jon, dedi.
Qo‘shiqlar
9. “Opasi”, “akasi”, otasi va shu kabilar so‘zlar bilan, ba’zan yolg‘iz jonidan shaklida so‘zlovchining tinglovchiga yaqin munosabatini, erkalash yoki xushomad ma’nolarini ifodalaydi.
— Opasi jonidan, dutoringizni chaling tuzukroq, — dedi u [Malikaxon] Adolatga qarab,— o‘yin-kulgiga tashna bo‘lib yotganmiz.
S. Zunnunova, Gulxan
10. Hayot manbai, hayot bag‘ishlovchi narsa haqida.
Issiq — paxtaning joni degan maqol ham bejiz aytilmagan.
Sh. Rashidov, G‘oliblar
11. Biror ish, soha yoki doirada asosiy, muhim o‘rin egallovchi, ilhomlantiruvchi, tashkilotchi shaxs.
Jo‘ralarining joni. Davraning joni. Maktabning joni.
gazetadan
12. Murojaat qilinayotgan shaxsni bildiruvchi so‘zdan oldin kelib, murojaatdagi iltimos, iltijo ma’nosini kuchaytiradi, ba’zan erkalash ma’nosini bildiradi.
Niyoz men bilan xayrlashar chog‘ida: — Jon Hoji aka! Endi gap shu yerda qolsin — dedi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
13. Shaxs bildiruvchi so‘zlarga, kishilar otiga qo‘shilib, ularga kichraytish-erkalash, hurmat ma’nosini beradi, masalan.
onajon, buvijon, xolajon, akajon, domlajon;
Salimjon, Qodirjon
14. kesim vzf.Shukur.
Ofitserning shu ketishi bo‘lsa, shtabga yetib borsa ham jon.
A. Qahhor, Oltin yulduz