1. Sarosimaga tushgan, esankiragan, gangib qolgan; bezovta.
[Mansur:] Mag‘rur Alisherning suvdan chiqarib tashlangan baliqday jonsarak, ini buzilgan qushday bezovta bo‘lishi qasos bilan to‘lgan yuragimga tasalli beradi.
Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. ko‘chmaSira bekor o‘tirmaydigan, doim o‘ziga ish topib g‘imirlab yuradigan, tinchimaydigan; serharakat.
Hozir o‘sha jonsarak tana jim, o‘sha chevar qo‘llar bedarmon.
I. Rahim, Ixlos